Professor Paula Rodrigues Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi

Jahonning nufuzli Top 300 talik roʻyhatidan oʻrin olgan Portugaliyaning  Porto universiteti professori Paula Rodrigues 16-maydan sanasidan boshlab, Jismoniy madaniyat fakultetida  Sport metrologiyasi hamda universitet magistr va doktorantlariga  Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda maqola chop etish tartib-qoidalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Bugun, 24-may kuni professor Paula Rodrigues Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda Paula Rodrigues universitetdagi faoliyati davomida unga yaratilgan sharoit va qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirdi. Darslari davomida universitet jamoasining faolligi, talabalarning intilishlari, harakatlari, nafaqat, Jismoniy madaniyat fakulteti balki, boshqa fakultetlardan ham yosh tadqiqotchilarning seminarlarda katta qiziqish bilan qatnashayotganidan mamnuniyatini bildirdi. Oʻz oʻrnida Porto universitetidagi boshqa hamkasblarini ham Urganch davlat universitetiga jalb qilish, universitet reytingini yanada oshirishga hissaga qoʻshish istagida ekanini taʼkidladi.

Rektor B.Abdullayev Paula Rodriguesga tashrif uchun hamda barcha mazmunli va foydali dars mashgʻulotlari uchun jamoa nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Rasmiy uchrashuv davomida ikki universitet oʻrtasida  kelgusidagi  hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda qisqa muddatda talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki,  Paula Rodrigues  “El-yurt umidi” jamgʻarmasi sovrindori, Porto universiteti 3-bosqich doktoranti O.Saidmamatovning ilmiy rahbari sifati 2020-yildan buyon birgalikda ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Scopus hamda Web of science bazasidagi nufuzli ilmiy jurnallarda 3 ta maqola hammualliflikda chop etilgan. 

urdu.uz, Professor Paula Rodrigues Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi

urdu.uz, Professor Paula Rodrigues Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi

urdu.uz, Professor Paula Rodrigues Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi