20-may soat 09:00da Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda dotsent S.Q.Matkarimova "Hayrat-ul abror" dostonini o'qitishda nostandart testlardan foydalanish metodi" mavzusida ma'ruza qildi. Mavzu kafedra o'qituvchilari ishtirokida keng muhokama qilindi.