Joriy 24-may sanasida Urganch davlat universitetida amaliy va ilmiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Filologiya fakulteti ham faol ishtirok etdi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Rahimova, tyutorlar S.Bobojonova, D.Ro‘zmetov hamda iqtidorli, izlanuvchan talabalar ishtirok qilib, talabalarning ilmiy, ommabop ishlari, yutuqlari va darsdan bo‘sh vaqtlarida tayyorlagan qo‘l ishlarini namoyish qildilar.