Xabaringiz bor, joriy yil 20-iyundan 2022/2023-oʼquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʼyhatga olish ishlari boshlandi.
Abituriyentlarni ro‘yhatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
2022-yilning 20-iyunidan eʼtiboran, Urganch davlat universitetida Call-markaz va Maslahat markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Markazga berkitilgan mutaxassislar turli tushunmovchiliklar yuzasidan qilinayotgan qoʻngʻiroqlarga javob berib, abituriyentlar ogʻirini yengil qilmoqda.
Call-markaz va Maslahat markazi telefon raqamlari:
+99862 224 66 17
+99862 224 66 18
+99862 224 66 19
+99862 224 66 35
Ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha
soat 9:00 dan 18:00 gacha;
Tushlik–soat 13:00 dan 14:00 gacha.


