Hurmatli talabalar!
Yana bir mas’uliyatli davr — imtihonlar davri yaqinlashmoqda. Bu paytda nafaqat sizning bilim va mehnatingiz sinovdan o‘tadigan, balki halollik, vijdon va mas’uliyat tamoyillari namoyon bo‘ladigan palla hamdir.
Shuni alohida ta’kidlamoqchiman, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida adolat va shaffoflik — ta’lim tizimining bosh mezonidir. Har bir talabaning bilimi o‘z mehnati, o‘z intilishi bilan baholanadi. Hech bir korrupsion holat, orqadan yordam yoki noqonuniy yo‘l bilan baho olishga urinish na talaba, na o‘qituvchi obro‘siga yarashmaydi. Bizning asosiy maqsadimiz — bilimli, halol, vijdonli mutaxassislarni yetishtirish.
Shu boisdan siz aziz talabalarni “Halol baho — mening sha’nim!” tamoyiliga sodiq bo‘lishga chaqiraman. O‘zingizga, bilim va mehnatingizga ishonch bilan imtihonlarga kirishingizni so‘rayman.
Unutmang, halol yo‘l bilan erishilgan muvaffaqiyat — sizni kelajakda yanada katta zafarlarga yetaklaydi!
Hurmat bilan,
Sardor Xodjaniyozov
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b.