30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Yoshlar haftaligi”, shuningdek, 26-iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” doirasida bugun, 25-iyun kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida konsert hamda QVZ dasturi namoyish etildi.
Unda Sanʼatshunoslik fakultetining isteʼdodli talaba-yoshlari hamda Talabalar kengashi aʼzolarining chiqishlari namoyish etildi.