UrDU talabasi “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimizda yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida oʻzining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatlarini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan bir qator tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Allaberganova Shahnoza  Allabergan qizi ham bor. 

Ushbu eʼtirof bilan Shahnoza  Allaberganovani universitet maʼmuriyati chin dildan qutlab, talabamizning keyingi  faoliyatida ham yuksak marralar tilaydi.

urdu.uz;UrDU talabasi “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi