Joriy yil 5-iyul sanasida Urganch davlat universiteti rahbariyati uzoq yillardan buyun universitetda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar hamda faol talaba-yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda UrDU rektori B.Abdullayev koʻp yillik samarali mehnati tufayli ilm-fani, taʼlim sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan i.f.d., prof. B.Roʻzmetov, f.f.n., prof. Z.Doʻsimov, f.f.n., dots. R.Yoʻldoshevlarga birinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini tantanali topshirdi.
Shuningdek, universitetdagi tahsili davomida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishda munosib hissa qoʻshgan hamda oʻquv va jamoat ishlaridagi faolligi uchun bir guruh faol talaba-yoshlar va ularning ota-onalari universitet rektorining Tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Uchrashuvda universitet rahbariyati va faxriy ustozlar yoshlarga oʻzlarining samimiy tilak va istaklarini bildirib, yurtimizda, qolaversa, universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshishlaridan umidvor ekanliklarini bildirdilar.





