16-iyul kuni Urganch davlat universitetida tashkil etilgan Xorazm viloyatidagi mahalla raislarining 2-guruhi uchun o'quvlar yakunlandi. Unda 175 nafar mahalla raislari 36 soatlik o‘quvlar dasturlarida qatnashdilar.
Dastur so‘ngida mahalla raislari test topshirdilar va sertifikatga ega bo'ldilar.
Sertifikat topshirish marosimida rektor B.Abdullayev ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, joriy yil may oyida mahalla raislari saylovida viloyatdagi 70% mahalla raislari yangilangan. Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan bu o‘quv-seminarlar ular uchun ayni muddao bo'lmoqda.



