Urganch davlat universitetida ham kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ilk kuni boʻlib oʻtmoqda

Xabaringiz bor , respublikamiz bo‘yicha  2022/2023 o‘quv yili uchun 46 ta OTMda  alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassisliklari bo‘yicha imkoniyatlarini, bilim va malaka darajalarini kasbiy ko‘nikmalarini ijodiy hamda jismoniy qobiliyatlarini aniqlashdan iboratdir.

Bugun Urganch davlat universitetida ham kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ilk kuni boʻlib oʻtmoqda. Ijodiy imtihonlarni adolatli, shaffof oʻtkazilishini nazorat qilish maqsadida universitet  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi ham jarayonlarni kuzatmoqda. 

Abituriyentlarimizning ota-onalari va kuzatuvchilari uchun Tarix fakulteti binosining 1-2-zallarida imtihon jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish imkoniyati yaratildi. 

Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.