Test sinovlari Urganch shahridagi "Xorazm" sport majmuasi o'yingohlari va "Yoshlik" sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda.
Viloyatda imtihonga puxta tayyorgarlik koʻrilib, barcha sharoitlar yaratilgan. Joylarda kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Test sinovlari shaffoflik asosida oʻtkazilmoqda.
Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari test jarayonlarida qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilmoqdalar.
Bugun UrDU rektori B.Abdullayev ham jarayonlarni kuzatish maqsadida test o'tkazilayotgan hududlarda bo'lib, abituriyentlar bilan suhbatda bo'ldi va test sinovlarida muvaffaqiyatli natijalarga erishishlarini tiladi.



