Ushbu uchrashuv ZOOM platformasi orqali boʻlib oʻtdi. Unda Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev, “Amaliy-matematika va matematik fizika” kafedrasi mudiri B.Babajanov, “Matematik tahlil” kafedrasi dotsenti A.Atamuratov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i E.Yo‘ldoshovlar qatnashdilar.
Uchrashuv chogʻida ikki universitet oʻrtasida matematika va biologiya sohalarida qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish, talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish shuningdek, hamkorlikda simpoziumlar tashkil etish va xorijiy loyihalarda ishtirok etish bo'yicha oʻzaro muzokaralar boʻlib oʻtdi.



