UrDUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boshlandi

2022/2023-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida oʻqish istagini bildirgan va hujjat topshirgan TEXNIKUM bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boshlandi.

Ayni vaqtda suhbat jarayonlari bakalavriatning 13 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilmoqda. 

Rektor buyrug‘i bilan 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda Suhbat komissiyasi tarkibi shakllantirilgan. 

Suhbat komissiyasi tarkibi asosiy ish beruvchi bo‘lgan tashkilotlar, idoralar mas’ul xodimlari, sohaga taalluqli texnikumning malakali o‘qituvchisi va boshqa OTMning tegishli soha bo‘yicha professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda shakllantirilgan.