Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarni suhbat asosida talabalikka qabul qilishda ta’lim yo‘nalishlari suhbat komissiyalari raislari va a’zolari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Bugun UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda qabul komissiyasi aʼzolari Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) hamda Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbatda bo‘ldilar.
Suhbat jarayonlarni belgilangan talablarga mos o‘tkazilishi hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida barcha tashkiliy choralar ko‘rilgan. 

.jpg)

