
Bugun O‘zbekiston xalqi o‘tgan ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqilligimizning 31 yilligi bayramini yuraklarida yuksak g‘urur va iftixor bilan keng nishonlamoqda. Ayniqsa, joriy yil ushbu shodiyonaning "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Shu fursatdan foydalanib, eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik hamda zafarlar bilan qarshi olayotgan barcha yurtdoshlarimizni, universitetimiz jamoasini — istiqlolimizning qutlug‘ 31 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik! Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!