Talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish maqsadidagi “Orientation Week” loyihasi bugun Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetida ham davom etdi.
Fakultetning 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot qilib, ularning xohish-istaklari bilan qiziqqan UrDU birinchi prorektori S.Davletov oʻzining hayot tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Talaba-yoshlarni qunt bilan oʻqib, chuqur bilim olishga, Yangi Oʻzbekistonning munosib farzandi boʻlishga chaqirdi.
Uchrashuvda fakultet dekan muovini U.Doʻschonov ishtirok etib, ta’lim va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.



