Talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularning xohish-istaklari bilan qiziqqan UrDU birinchi prorektori S.Davletov oʻzining hayot tajribasi, tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi. Ular uchun universitetda yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirib, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklardan xabardor qildi.
Shuningdek, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirish berib, fakultet hayoti bilan tanishtirdi. Shu bilan rahbariyatning “Tanishtiruv haftaligi” doirasidagi uchrashuvlari yakuniga yetdi.
12-sentabrdan eʼtiboran 1-bosqich talabalariga ham oʻquv jarayonlari boshlanadi.



