Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, universitet profilaktika inspektori, leytenant D.Sapoyev, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi K.Ataboyeva, fakultet tyutorlari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ta’lim jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, kredit-modul tizimi, universitetning ichki tartib-qoidalari to‘g‘risida soʻz yuritildi. Ota-onalarning takliflariga quloq tutildi.
Uchrashuv yakunida Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Shahlo Egamberganovaning sportning Dzyudo turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin, Osiyo kubogida 2-o‘rin hamda Xalqaro chempionatda 3-o‘ringa sazavor bo‘lganligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektorining Tashakkurnomasi talabaning onasiga topshirildi.



