Bugun, 20-sentabr kuni Urganch davlat universiteti tyutorlari uchun tashkil etilgan mazkur oʻquv seminar avvalida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov tyutorlarning faoliyatiga haqida toʻxtalib, TTJ va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berdi.
Shundan soʻng, UrDU bosh hisobchisi A.Xaitboyev kontrakt.edu.uz talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimining imkoniyatlaridan foydalanish tartibi haqida taqdimot asosida tushuntirish berdi.
Seminarda har bir talabada ushbu tizimidan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish zarurligi taʼkidlandi.