Unda fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 30-iyul sanasida “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-sonli Farmoni qabul qilinganligi, mazkur farmonga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlariga majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Milliy komissiyaning taqdimnomalarini so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklatilganligini qayd etdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov tomonidan paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga umuman yo‘l qo‘ymasligi, ixtiyoriy mehnatni rag‘batlantirish borasida hukumatimiz tomonidan juda katta ishlar amalga oshirilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, takliflar va mulohazalari bilan murojaat qilib, tegishli javoblarni oldilar.