Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning fakultetlar kesimida universitetning 1-kurs talaba-yoshlari bilan har o‘quv yili avvalida ochiq muloqot shaklida uchrashuvlar o‘tkazishi an’ana tusiga aylangan. Bu yil ham, mazkur an’anaga start berildi.
Bugungi uchrashuv Jismoniy madaniyat fakulteti talaba-yoshlari bilan bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda asosiy masala universitetning sharoit va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, o‘quv jarayonlari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning tashkil etilishi, talabalarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun universitetda tashkil etilgan toʻgarak va klublarda faol boʻlish zarurligi kabi dolzarb masalalar yechimiga yo‘naltirildi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari davom etadi.