Urganch davlat universitetida

Bugun, 23-sentabr kuni Filologiya fakulteti tomonidan universitet miqyosida  an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining yangi oʻquv yilidagi ilk soni bo'lib o'tdi.
Unda Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tanlovni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʼzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

Tanlov Abdulla Qahhorning "Sarob" hamda Chexovning "Ionich" asarlari yuzasidan  tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 11 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

Talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilishni maqsad qilgan ushbu tanlov jarayonlari badiiy maydondagi baxslar bilan barchada katta qiziqish uygʻotdi. 191-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan  taqdimot, ustozlar hayoti aks etgan videorolik, Abdulla Qahhor hikoyalaridan sahna ko'rinishlari hamda go'zal raqs va  kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib borildi. Tanlov g'oliblari hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalar fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida "Kitobxon talaba" ko'rik-tanloviga start berildi