Sana munosabati bilan bugun Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Unda Xorazm viloyatidagi bir guruh pedagog kadrlar qatorida Urganch davlat universitetining ham bir qator fidoiy, faol va tashabbuskor professor-o'qituvchilari viloyat hokimi Farhod Ermanovning faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Bayramona dasturxon va viloyatimizning taniqli xonandalarining go'zal kuy-qo'shiqlaridan bahramand bo'ldilar.
Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar!