Tabiiy fanlar fakultetining “Biologiya” kafedrasida 1-oktabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustoz-shogird uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuv universitetda uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlarning uzoq yillik pedagogik hamda hayotiy tajribalariga oid qiziqarli suhbat tarzida oʻtdi.