Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi Iqtisodiyot fakultetining 1-kurs talabalari bilan boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilganligi, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, xususan, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Rektorning bu kabi uchrashuvlaridan koʻzlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni universitetning sharoit va imkoniyatlari, ichki tartibi, “Odob-axloq” qoidalari bilan yaqindan tanishtirish, talabalar turar joyiga joylashish masalasi, shuningdek, talabalardagi mavjud muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.


