Bugun, 7-oktabr kuni “Kvant informatikasi va past o’lchamli funksional materiallar, topologik izolyatorlar” mavzusidagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi Urganch davlat universitetida davom etmoqda.
Konferensiyada Koreya, Germaniya, Indoneziya, O‘rta Osiyo davlatlari, jami 10 ga yaqin davlatlardan maʼruzachilar hamda Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining professor-oʻqituvchilari va talabalari qatnashmoqda.
Anjumanda kun tartibidan oʻrin olgan mavzular boʻyicha maʼruzalar tinglanmoqda.