Bugungi kunda Urganch davlat universitetining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalari geografiyasi kengayib bormoqda. Dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yuzdan ziyod hamkorlik shartnomalari imzolagan.
Ana shunday hamkorlik doirasida shu yilning 3-14 oktabr kunlari Italiyaning Padova universiteti “Statistika fanlari” kafedrasi professori Massimiliano Caporin universitetimizda Iqtisodiyot mutaxassisligi 2-bosqich magistrlariga “Vaqtli qatorlar ekonometrikasi” fanidan maʼruza mashgʻulotlarini olib bormoqda. Talabalar prof. Massimiliano Caporindan zarur bilimlarni oʻzlashtirib, maʼruzalarida faol qatnashmoqdalar.
Maʼlumot oʻrnida, Padova universiteti QS-ranking tashkiloti reytingi boʻyicha dunyoning TOP 242-oʻrnidan joy olgan.