2022 yil 13-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Birinchi prorektori Sanjarbek Davletov Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faollari va fakultetlardagi yetakchilari, Talabalar kengashining barcha fakultetlardagi aʼzolari hamda ijtimoiy faol, iqtidorli talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Dastavval, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta'lim tizimida ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar, shuningdek, universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga atroflicha toʻxtaldi.
S.Davletov soʻzi davomida bugungi zamon yoshlarga, xususan, boʻlajak mutaxassislarga qoʻyayotgan talablarga ham urgʻu berdi. Zamon talabiga mos kadr boʻlish uchun davlatimiz yaratayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, astoydil bilim olish zarurligini taʻkidladi.
Erkin muloqot shaklidagi ushbu uchrashuvda S.Davletov yoshlar bilan ularning fikr- mulohazalari, qiziqish va maqsadlari haqida suhbatlashdi, gʻoya va tashabbuslarini tingladi. Muammolariga qiziqdi.