Joriy yil 17-oktabr kuni Rossiyaning Altay davlat universiteti professori, tarixchi olim Yuriy Mixaylovich Goncharov, filolog olima Veronika Yurevna Krayeva Urganch davlat universitetida boʻldilar.
Tashrif avvalida filolog olima Veronika Yurevna Krayeva Tarix fakultetining 1- va 2-kurs rus yo'nalishi talabalariga madaniyatshunoslik, filologiya va san'atshunoslik sohalarining atoqli arbobi Dmitriy Sergeyevich Lixachev tavalludining 115 yilligi munosabati bilan adibning hayoti, ta’limoti va madaniyat haqidagi ilmiy qarashlari haqidagi “Madaniyat – ruhiy holat” mavzusida maʼruza qildi.
Shundan soʻng mehmonlar UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Qonunchilik palatasi deputati Muxtor Ibragimov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor S.Xodjaniyozov va “Tarix” kafedrasi mudiri O'.Abdullayevlar ishtirok etdi. Unda ikki universitet o'rtasida tajriba almashish, hamkorlikda taʼlimning magistratura va doktorantura shakllarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy konferensiyalar tashkil qilish, Altay davlat universiteti professor-oʻqituvchilari bilan hamkorligida barcha yo'nalishlarda rus tili o'qitilishini yanada samarali tashkil qilish masalalari yuzasidan muloqot qilindi.