UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor G’.O’razboyevlar Samarqand davlat universitetida bo'lib o'tayotgan Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumida ishtirok etmoqda.
Forumda rektor B.Abdullayev soʻzga chiqib, Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi, Rossiya Federatsiyasi universitetlari bilan, jumladan, kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligi, madaniyat sohasidagi hamkorligi, Rossiya universitetlaridan taklif etilgan professor-o'qituvchilar, shuningdek, Urganch davlat universitetining ilmiy innovatsiyalari haqida forum qatnashchilarini yaqindan tanishtirdi. Rossiya Federatsiyasi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik doirasini yanada kengaytirish maqsadida quyidagi takliflarini bildirdi:
✔️Universitetning IT-markazi negizida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✔️Universitet texnoparki negizida hamkorlikni yo'lga qo'yish;
✔️Muhandislik sohasida talabalar almashinuvi;
✔️O'qituvchilarning harakatchanligi bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish;
✔️Laboratoriyalar ilmiy xodimlarining malakasini oshirish uchun Rossiyadan mutaxassislarni jalb qilish;
✔️Muhandislik taʼlimi sohasida ilmiy va oʻquv laboratoriyalarini yaratish doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
✔️Fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashuvi yo'nalishida Rossiya tajribasini joriy etish.



