Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan Oʻzbekiston-Rossiya III ta’lim forumi Urganch davlat universiteti uchun xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida yangi imkoniyatlarni taqdim qilmoqda.
Kechaning o‘zida universitetning xalqaro hamkorlari safi Vladimir davlat universiteti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Sankt-Peterburg davlat aerokosmik asbob-uskunalar universiteti, Qalmoq davlat universiteti bilan kengaydi.
Shuningdek, "Щёлково Агрохим" aksiyadorlik jamiyati hamda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti bilan uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy va innovatsion sohada hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.