Bugun Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oʻquv binosining kapital taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida hududda boʻldi. UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamrohligida binoning oʻquv auditoriyalari, maʼruza zallari, zamonaviy laboratoriya xonalarini koʻzdan kechirib, tegishli topshiriqlar berdi.
Tashrif doirasida fakultetning professor-oʻqituvchilari bilan suhbatda boʻlib, ularning ilmiy izlanishlari, loyihalariga guvoh boʻldi, ushbu yangiliklarni amaliyotga tadbiq etilishi bilan qiziqdi.