Mehmon - otangdan ulugʼ!
Bugungi kunda Urganch davlat universiteti dunyoning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalalari bilan taʼlim va ilmiy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa, dars jarayonlariga xorijiy universitetlardan professor-oʼqituvchilar jalb qilish keng yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgi kunda AQSh, Koreya, Rossiya, Malayziya Ukraina singari davlatlarning OTMlaridan 16 nafar professor-oʼqituvchilar dars jarayonlarini olib bormoqdalar. Ular uchun universitetda barcha sharoitlar yaratilgan, universitet mehmonxonasidan joy ajratilgan.
Kuni kecha Xorijiy filologiya fakultetining bir guruh oʻqituvchilari xorijlik oʻqituvchilar uchun Xorazm milliy taomlarini tayyorlab berib, ularni mamnun qilishdi.