11-noyabr  - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni

Bugun, 8-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida  "Kasaba uyushmalari-natijalar, muammolar va vazifalar" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuv 11-noyabr  - “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bagʻishlandi. Unda Kasaba uyushma qoʻmitasi  aʼzolari, faxriy xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Q.Xamrayev ochib berib, qoʻmitaning 9 oylik faoliyati yakunlari bilan tanishtirdi. 
Shuningdek, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov "Kasaba uyushmalari va yoshlar” mavzusida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir soʻnggida Kasaba uyushma qoʻmitasining bir guruh  faollari  va faxriylariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

urdu.uz, 11-noyabr  - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni

urdu.uz, 11-noyabr  - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni

urdu.uz, 11-noyabr  - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni