Ushbu loyiha qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilgʼor arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.
Shuningdek, markaz faoliyati boʼlajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirish, ilgʼor va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga qaratilgan.
Ochilish marosimidan so'ng "Tadbirkorlar maktabi"ning ilk tinglovchilariga Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan dars mashg'ulotlari olib borildi.


