Uchrashuvda Xorazm viloyatidagi davlat oliy taʼlim muassasalarining prorektorlari, dekanlari, professor-oʻqituvchilari, boʻlim boshliqlari va tyutorlari ishtirok etdilar.
Tadbirni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, moderatorlik qildi.
Tadbir mehmonlari, jumladan, Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi vakili J.Ergashov, Xorazm viloyati Innovatsion rivojlanish jamgʻarmasi mutaxassisi Sh.Ahmedovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-sonli qarorida belgilangan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini oʻtkazish boʻyicha Nizomi bilan yaqindan tanishtirdilar, Yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati hamda Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasining faoliyati haqida taqdimotlar bilan maʼruza qildilar.