2022-yil 7-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 4-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengash avvalida rektor Baxrom Abdullayev “Turizm” kafedrasi dotsenti, i.f.d. Umidjon Matyoqubovga Fan doktori diplomini, shuningdek, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo'nalishi 1-bosqich magistranti Mahliyo Xo'jayevaga "Innovatsion g'oyalar yetakchisi" medali va guvohnomasini tantanali topshirdi.
Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar boʻyicha masʼullarning hisobot va maʼruzalari tinglandi. Mazkur masalalar boʻyicha Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalari bildirilib, takliflari inobatga olindi.