Joriy yilning 12-dekabr sanasida Toshkentdagi Alfraganus universiteti rektori, i.f.d., prof. F.Egamberdiyev Urganch davlat universitetida boʻldi. Tashrif doirasida UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashdi. Rasmiy muloqotda ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muzokara olib borildi.
Ikkala oliy dargoh uchun ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralardan soʻng, tadqiqot sohasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida Urganch davlat universiteti va Alfraganus universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Endilikda Alfraganus universiteti bilan oʻzaro tashriflar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma taʻlim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, tadqiqot faoliyati yoki natijalarini birgalikda nashr etish, kitoblar, risolalar, oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish kabi istiqbolli hamkorlik aloqalari amalga oshiriladi.