Bugun, 13-dekabr sanasida Janubiy Koreyaning Dongshin universiteti Turizm yo'nalishi talabalari hamda UrDU Xorijiy filologiya fakulteti va Turizm yo'nalishi talabalari o'rtasida almashinuv dasturi doirasida Birinchi xalqaro forum bo'lib o'tdi. Forum onlayn tarzda tashkil etildi.
Uchrashuvda Dongshin universiteti talabalari Janubiy Koreya bilan tanishtirishdi, Koreyaning sayyohlik joylari, shuningdek, Donshin universiteti haqida maʼlumotlar berishdi.
UrDU talabalari ham O‘zbekiston bilan tanishtirib, mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari, xususan, Urganch davlat universiteti haqida gapirdilar. Yurtimizning koʻhna va qadimiy shaharlari, turizm salohiyati, shu jumladan, Xorazmning sayyohlik joylarini taqdimotlar orqali Dongshin universiteti talabalariga tanishtirdilar.