Mazkur tanlov talaba-yoshlarni teatr san'atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma'naviy kamolotga yo'naltirish orqali oliy ta'lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berishni maqsad qilgan.
Bugun, 15-dekabr kuni “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining fakultet va universitet bosqichlarini o'tkazish reja-grafigiga muvofiq, Pedagogika fakultetining iqtidorli talabalari o'rtasida tanlovning fakultet bosqichi o'tkazildi.