Bugun, 16-dekabr kuni Turkiyaning hamkor Ege universiteti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Ege universitetining Fan fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilari hamda hozirgi kunda Ege universitetida malaka oshirayotgan universitetimizning professor-o’qituvchilari hamda UrDU “Biologiya”, “Kimyo”, “Fizika”, “Matematika” kafedra mudirlari va Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlari qatnashdilar.
Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasasii o‘rtasidagi akademik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, ta’lim va tadqiqot faoliyatini olib borish, malaka oshirish hamda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini rag‘batlantirish, "Orhun Exchange Program" va "Mevlana Exchange Program" dasturlari asosida professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish yuzasidan takliflar berildi.
Shuningdek, Ege universitetining professor-o’qituvchilarini 2022/2023 yil bahorgi semestr o’quv jaroyonlariga jalb qilish bo'yicha muzokaralar ham olib borildi.