Bugun Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi va UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi hamkorligida talaba-qizlarni tadbirkorlikka tayyorlash va kasb-hunarga o'rgatish maqsadida "Tadbirkorlik-mustahkam va farovon oila asosi" mavzusidagi o'quv mashg'ulotlari boshlandi.
Mashgʻulotlar ayni taʼtil kunlarida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun talabalar turar joyida yashayotgan, respublikamizning turli viloyatlaridan kelib tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun tashkil etildi. "Ayollar tadbirkorligi va o'z-o'zini ish bilan ta'minlash" kursi negizidagi ushbu o'quv mashg'ulotlarda universitet ishchi-xodimlari ham qatnashmoqda.
Kurs davomida biznes loyiha tuzish, kichik tadbirkorlikni boshlash, ayollar uchun imtiyozli kredit olish, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"da turgan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi uchun imtiyozlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.