Bugun, 23-yanvar kuni Urganch innovatsion universiteti nodavlat ta’lim muassasasi rektori M.Ishmurodov ikki universitet oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Urganch davlat universitetida boʻldi. Tashrif doirasida UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashib, ikki tomon uchun ham manfaatli hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Ushbu kelishuv ilmiy hamkorlik, o‘quv-me'yoriy hujjatlar va o‘quv-ilmiy adabiyotlar boʻyicha hamkorlik, professor-oʻqituvchilar almashinuvi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishni koʻzda tutadi.
Maʼlumot oʻrnida, Urganch innovatsion universiteti 2022-yil noyabr oyidan eʼtiboran faoliyat yurita boshladi. Hozirda Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha), Boshlangʻich taʼlim va Tarix yoʻnalishlari mavjud.


