Oliy ta’lim tizimida korrupsiya va unga oid huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olish, o‘quv jarayoni ochiqligini va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni yanada oshirish maqsadida bugun, 23-yanvar kuni UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish xodimlari uchun “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (Hemis) platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Ta'limni kredit tizimini boshqarish bo'lim boshlig‘i M.Habibullayev tomonidan platformadan foydalanish yo‘riqnomasi tanishtirildi.