Universitetimizda Munavvara Salayeva nomidagi stipendiya ta'sis etildi!

Universitetimizning isteʼdodli, iqtidorli va har jabhada faol talaba-qizlari uchun ajoyib yangilik!  Aziz qizlar, sizlar uchun Urganch davlat universiteti tomonidan olima Munavvara Salayeva nomidagi stipendiya ta'sis etildi! 

Stipendiya uchun ikki bosqichli tanlov o'tkaziladi:
1-shart:  Test sinovi
2-shart: ishtirokchilarning ijtimoiy faolliklari baholanadi

Munavvara Salayeva nomidagi stipendiyaning miqdori universitet talabalari uchun oliy ta’lim muassasalari talabalariga belgilangan bazaviy stipendiyaning bir yarim baravari miqdorida, akademik litsey o‘quvchilariga esa  talabalarga belgilangan bazaviy stipendiya miqdorida belgilanadi.

Batafsil “Munavvara Salayeva nomidagi stipendiya ajratish va tayinlash to‘g‘risida”gi NIZOM orqali bilib olishingiz mumkin. 

Nizom ilova qilinadi... https://urdu.uz/user_files/user_4/RTTM%20bazasi/25.01.2023/Munavvara%20Salayeva%20nizom.pdf