Bugun Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 3-kurs talabalari va Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlarining "Yoshlar va qonun" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati IIB JXXYHXB bo'lim boshlig'i M.Berdiyev ,Urganch tumani IIB YHXG katta inspektori X.Madaminovlar yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, giyohvandlikning oldini olish masalalari yuzasidan soʻzga chiqishdi.
Shuningdek, turli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, asosiy e’tiborni ta’lim va ilm olishga yo‘naltirish, jamiyatda yurish-turish me’yorlari va turar-joy hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilish qoidalariga rioya etish haqida so‘z bordi.
Tadbirda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.