Ushbu seminarlarning maqsadi tyutorlarda ish faoliyatidagi vazifalarni bajarishda uchraydigan muammolarni hal qilish, vaqtni samarali boshqarish, talaba-yoshlar bilan vujudga keladigan turli xil muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishdan iborat.
Bugungi uchrashuvda UrDU amaliyotchi psixologi M.Avezova tomonidan talabalar ijtimoiy psixologik portretini yaratish boʻyicha trening olib borildi.
Shuningdek, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshligʻi Y.Botirov ijara xonadonlarini oʻrganish va turar joy bilan taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida tyutorlar bilan muloqotda boʻldi.
Seminarda tyutorlar talabalar bilan ishlash amaliyotida qoʻllash zarur boʻlgan koʻnikmalarga ega boʻldilar.