Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida "Talabalar teatr studiyalari" ko'rik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi bo'lib o‘tdi.
Bellashuvda Urganch davlat universitetining “Nihol” jamoasi Nurulloh Abbosxonning “Oʻzbekcha raqs” spektaklini namoyish etishdi.
Oʻzaro qizgʻin bahslardan soʻng, universitetimiz jamoasi “Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, jamoa aʼzosi, Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Mohinur Komilova esa qaynona roli uchun “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi gʻolibasi boʻlib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan talabalarimizni samimiy tabriklaymiz!