2025-yil 19–24 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovida Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi 2-bosqich talabasi Eshimetova Shahnoza faol ishtirok etdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar sohalarida yangi g‘oyalar yaratishga undash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nufuzli musobaqalardan biridir.
Eshimetova Shahnoza tanlovda “ElectroPure” nomli innovatsion loyihasi bilan qatnashib, energiya tejamkor texnologiyalarni amaliy hayotga tatbiq etish yo‘nalishida yuqori natijalarga erishdi.
Shahnozaning bu yutug‘i uning ilm-fanga bo‘lgan chuqur qiziqishi, ekologik muammolarga e’tiborli yondashuvi hamda ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatining yorqin ifodasidir. U o‘z ilmiy izlanishlari orqali yoshlar orasida fan va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.