AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yil 6-mart kuni AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi rahbari Kevin Makkoy hamda uning yordamchisi, elchixonaning mas’ul xodimi Umida Boltayevalar respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida bo‘ldilar. Mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan iliq qarshi olindi. 

Shundan soʻng, mehmonlar Kevin Makkoy, Umida Boltayeva hamda rektor Baxrom Abdullayev boshchiligidagi UrDU maʼmuriyati, “The Access Microscholarship program” loyihasi bo‘yicha universitet koordinatori F.Masharipovalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy muzokaralarda rektor B.Abdullayev bugungi kun AQSH elchixonasi bilan faol hamkorlik aloqalari mavjudligini qayd etib, ushbu aloqalarni yanada kengaytirishdan universitet jamoasi manfaatdor ekanligini bildirdi. Hozirga qadar Amerika oliy taʼlim muassasalari bilan oʼquv va ilmiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Jumladan, 2014-yildan beri oʼtkazilib kelinayotgan AQShning matematik olimlari ishtirokidagi xalqaro matematika boʼyicha konferensiyalar, yozgi xalqaro maktablar,  AQSh olimlarning universitetimizga kelib, maʻruza darslarini olib borayotganliklarini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi. 

Oʼz oʼrnida Kevin Makkoy ushbu doʼstona munosabatlar uchun minnatdorchilik izhor etib, istiqboldagi hamkorlik va tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlashini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, AQSh davlat departamentining Ingliz tili bo‘yicha mintaqaviy vakili Kevin Makkoy AQSh elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ingliz tilini o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish va tahlil qilish maqsadida universitetimizda boʻlib turibdi.

urdu.uz, AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

urdu.uz, AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

urdu.uz, AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

urdu.uz, AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi